«chinoz tumani» tegli maqolalar


Sherzod Salixov Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi
5 fevral 2024, 18:09

Sherzod Salixov Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi

Toshkent viloyati Chinoz tumaniga Sherzod Salixov hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Chinozda bank xodimi fuqarolar nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirib, mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi
7 aprel 2022, 16:32

Chinozda bank xodimi fuqarolar nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirib, mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi

Chinoz tumanida bank xodimi «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida fuqarolarga ajratilgan 2 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini turmush o‘rtog‘i va yaqinlarining nomlariga ochilgan dehqon xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib, pullarni naqdlashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. U, shuningdek, 10 nafar fuqaroga ularning xabarisiz kredit ajratib, pullarni o‘zlashtirgani ma’lum qilindi.

Chinozda fuqaro «moliyaviy piramida» tashkil qilganlikda gumonlanib ushlandi
3 mart 2022, 12:46

Chinozda fuqaro «moliyaviy piramida» tashkil qilganlikda gumonlanib ushlandi

DXX Chinoz tumanida «moliyaviy piramida» tashkil qilganlikda gumonlab, bir nafar fuqaroni hibsga oldi. U jami 12 kishidan 94 ming AQSh dollari, 394 mln so‘mlik 4 ta avtomobil va 54 bosh chorva molini olganligi aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘g‘atildi.

Chinoz hokimining birinchi o‘rinbosari $40 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda
10 fevral 2022, 10:17

Chinoz hokimining birinchi o‘rinbosari $40 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda

Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari qo‘shni tumanda joylashgan fermerga qarashli sug‘oriladigan 35 gektar yerni hokimlikda ishlaydigan tanishlari orqali 90 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lganligi aytilmoqda. Shundan 40 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan JKning 229−6-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi.

Ro‘mol bilan saylovning hech qanday aloqasi yo‘q — Chinozdagi 45-maktab direktori uzr so‘radi
18 may 2021, 16:27

Ro‘mol bilan saylovning hech qanday aloqasi yo‘q — Chinozdagi 45-maktab direktori uzr so‘radi

Ro‘mol o‘ragan qizlarga saylov sababli ularga indashmayotgani, saylovdan keyin «qanaqadir tashkilotlar» ota-onalarini surishtirishini aytgan Chinozdagi 45-maktab direktori bu haqda hech qanday organlardan topshiriq bo‘lmaganini bildirdi. U jamoatchilik va ota-onalardan uzr so‘radi.

«O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev
18 mart 2021, 15:11

«O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Chinoz tumanida Eshonobod mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari aytishicha, «Chinoz tumanida ishsiz bo‘lishi kerak emas. Yeri keng, odamlari mehnatkash». «O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Shundan so‘ng, prezident tekstil korxonasini ham ko‘zdan kechirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting